Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzReport-TV» va «Futbol-TV» yangi xalqaro turnirni namoyish etadi

«UzReport-TV» va «Futbol-TV» yangi xalqaro turnirni namoyish etadi

Foto: «uzreport.news»

«UzReport» axborot agentligi (UzReport-TV va Futbol-TV) Italiya A Seriyasi va UEFA Millatlar ligasi, UEFA Superkubogi musobaqasining O‘zbekiston Respublikasi hududida translyasiya qilish huquqini sotib oldi, deb xabar bermoqda agentlik rasmiy sayti.

Joriy yildagi Yevropa futbol mavsumining yakuniy bahsi 15 avgust kuni Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin «UzReport-TV» va «Futbol-TV» telekanallarida jonli efirda uzatiladi. Bu yil sovrin uchun Madridning «Real» va «Atletiko» klublari kurashadi.

Italiya A Seriyasining 2018/19 yilgi mavsum uchrashuvlari 19 avgustdan boshlanadi va kelgusi yil 26 mayiga qadar davom etadi.

UEFA Millatlar Ligasi Yevropaning milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan yangi xalqaro turnir. Musobaqada 55 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Yangi musobaqaning birinchi mavsumi 2018/19 yillarda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi 2018 yil sentyabr noyabr oylarida, final bosqichi esa 2019 yilning yozida o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joiz, ushbu turnirda g‘olib chiqqan terma jamoalarga Yevro-2020 ga 4 ta yo‘llanma taqdim etiladi, shu bilan birga, an’anaviy saralash o‘yinlariga 20 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma ham beriladi.

Musobaqa formatiga ko‘ra, barcha 55 ta jamoa JCh-2018 yakunlari bo‘yicha reytingdagi o‘rniga qarab 4 ta liga bo‘yicha bo‘linadi (A, D, C va D). «A» ligada Yevropaning Top-12 ta terma jamoasi ishtirok etadi. Qolgan 12 ta terma jamoa «B» ligaga yo‘l olsa, «C» ligada 15 ta terma jamoa, «D» ligada esa 16 ta terma jamoa qatnashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring