Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uyqudagi Osiyo giganti». FIFA saytida O‘zbekiston futboliga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi

«Uyqudagi Osiyo giganti». FIFA saytida O‘zbekiston futboliga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi

Foto: Fifa.com

FIFA rasmiy sayti O‘zbekistonning futbolda erishayotgan yutuqlariga bag‘ishlangan «O‘zbekiston, Osiyo futbolining «uyqudagi giganti» nomli maqola e’lon qildi. 

«O‘zbekiston terma jamoasining FIFA reytingida eng past egallagan o‘rni — 1996 yilgi 119-pog‘ona hisoblanadi. Bugun esa terma jamoa 72-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston U-23 terma jamoacining qit’a chempionatidagi g‘alabasi esa kelajakka katta umid beradi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov jamoasi namoyish etgan o‘yin uslubi va qo‘lga kiritgan natijalar butun Osiyoni lol qoldirdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Odilbek Hamrobekov boshchiligidagi futbolchilar Yaponiya, Janubiy Koreya kabi kuchli terma jamoalar darvozasiga to‘rttadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Endilikda bu futbolchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosini tashkil etishi kutilmoqda. U-23ning ushbu natijasi Markaziy Osiyo yetakchisining yaqin o‘nyillikda nihoyat o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishidan darak bermoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi haqida faktlar

Birinchi xalqaro uchrashuv: 2-2. (Tojikiston termasi bilan 1992)
Eng yirik g‘alabasi: 15-0 (Mongoliya termasi ustidan (1998)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Server Jeparov (126 xalqaro uchrashuv)
Eng yaxshi to‘purar: Maksim Shatskix (34 gol)

«Oq bo‘rilar» jahon chempionati so‘nggi saralash bosqichining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa saralashdagi natijalari orqali navbatdagi Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘lgan.

Xalqaro maydonda ham o‘zbek futboliga nisbatan hurmat oshmoqda. Buni O‘zbekiston terma jamoasining Senegal, Marokash, Eron milliy terma jamoalari kabi JCh-2018 ishtirokchilari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishganidan ham bilsa bo‘ladi. O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari o‘z vaqtida BAA, Meksika, Turkiya, Yangi Zelandiya mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida ishtirok etgan.

Endi O‘zbekistonning asosiy maqsadi — milliy terma jamoaning Qatar-2022da bo‘ladigan mundialda ishtirok etish. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionligiga erishgan bosh murabbiy Ravshan Haydarov Xitoydagi g‘alaba o‘zbek futbolida muvaffaqiyatlarning boshlanishi ekanini ta’kidladi.

Biz tarix yaratdik. Xitoyda erishilgan g‘alaba o‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin g‘alabalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu g‘alabada hammaning hissasi bor. Mening fikrimcha, Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyat kelgusi yutuqlar uchun poydevor vazifasini bajarib beradi. Xitoyda chempionlikka erishgan bu terma jamoa O‘zbekistonning kelajagidir.

Ravshan Haydarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring