Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U-23 Osiyo chempionati. Yaponiya – O‘zbekiston: Tarkiblar ma’lum

U-23 Osiyo chempionati. Yaponiya – O‘zbekiston: Tarkiblar ma’lum

Foto: «The-uff.com»

Bugun U-23 Osiyo chempionati chorak finalining ilk uchrashuvida Ravshan Haydarov jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Yaponiya musobaqaning «B» guruhida barcha uch uchrashuvda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadam sifatida chorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «A» guruhida Qatar olimpiya terma jamoasida so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, Yaponiya terma jamoasi musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Yaponiya yoshlari avvalgi Osiyo chempionatida Janubiy Koreyani final uchrashuvida 3:2 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edilar. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa, avvalgi ikki Osiyo chempionatida guruh bosqichidan o‘ta olishmagan. Bu safargi Osiyo chempionati chorak finali O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun ilk chorak final uchrashuvi hisoblanadi.

Biroz avval ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar nomi ma’lum qilindi. Tarkiblar quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Yaponiya olimpiya terma jamoalari avvalroq, Tailanddagi xalqaro o‘rtoqlik turniri finalida maydonga tushishgan va unda O‘zbekiston olimpiya termasi penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring