Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi formatda musobaqa bo‘lib o‘tdi

Toshkentda yangi formatda musobaqa bo‘lib o‘tdi

Foto: Xabar.uz

Kecha Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy ekopark hududida mutlaqo yangi formatda, «Sog‘lom insonlar – sog‘lom millat zaminidir» shiori ostida Befit Race sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Befit Race – jami 5 km masofa va to‘siqlarni yengish, suzish, yugurish va boshqa ko‘p sport mashqlarini o‘z ichiga olgan musobaqa – kuch va chidamlilikning haqiqiy sinovidir. Ushbu musobaqa kuch sinashning eng yaxshi usullaridan biri.

Musobaqa BeFit fitness klubi tomonidan tashkil etildi. Ushbu tadbirning bosh homiysi – Oriyent Finans Bank, bosh hamkori – Amirsoy Resort. Musobaqalar O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi. Wellness Point (Technogym), Garmin Uzbekistan, NUTREND, DI Sport, Ekopark, Green Point, Evian Uzbekistan kompaniyalari Befit Race’ning rasmiy hamkorlari sifatida taqdim etildi. Media hamkor – ZO‘R TV telekanali, texnik hamkor – Sola Vi–Fi operatori, energetik hamkor – RedBull.

Ushbu tadbir mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi, sport va fitnessni rivojlantirish va targ‘ib qilishda yana bir qadam, shuningdek shahar hayotidagi ulkan sport musobaqasi bo‘ldi. BEFIT RASE O‘zbekiston poytaxtining markazida faol hayot tarzi tarafdorlari va muxlislarini o‘z atrofida birlashtirdi. Bunday tadbirlar sport muhitini rivojlantiradi, sportchilar va havaskorlar o‘zlarini rivojlantirishiga turtki beradi.

Musobaqa dasturiga yakka va jamoaviy yo‘nalishlar kiritilgan: 60 nafar sportchi yakka tartibda ishtirok etdilar, jamoaviy bahsda esa har biri 5 kishidan iborat 6 ta jamoa chempionlik uchun kurashishdi. Ushbu musobaqalar vaqtga o‘tkazilib, o‘rtacha va yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikka mo‘ljallangan.

Taqdirlash marosimi o‘zbek estrada yulduzlarining yorqin konserti bilan yakunlandi: Yulduz Usmonova, Shahzoda, Munisa Rizayeva va boshqa yulduzlar o‘zlarining xit qo‘shiqlari bilan mehmonlarga quvonch ulashdilar.

MUSOBAQA BOSQIChLARI

1. Eshkak eshish
2. Shinalar bilan yugurish
3. Nishablangan devor (to‘r)
4. Suzish
5. Nishablangan devor (arqon)
6. To‘siqli yo‘lakda qop bilan yugurish
7. To‘siqlar
8. Devorga ko‘tarilish
9. Shinalarni ag‘darish
10. Qoplarni ko‘tarish
11. To‘r
12. Qoplar
13. Arqonlar

HAMKORLAR
Bosh homiy: Oriyent Finans Bank
Bosh hamkor: Amirsoy Resort
Asosiy hamkor: O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi
Rasmiy hamkorlar:
Vellness Point (Technogym)
Garmin Uzbekistan
NUTREND
Di sport
Ekopark
Greyen Point
Evian Uzbekistan
Media hamkor: ZO‘R TV
Texnik hamkor: Sola.uz (Sola Vi-Fi operatori)
Energetik hamkor: RedBull

MUKOFOTLAR FONDI
Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
1-o‘rin - 5.000.000 so‘m erkak/ayol
2-o‘rin - 3 000 000 so‘mlik erkak/ayol
3-o‘rin - 2.000.000 so‘m erkak/ayol
Jamoaviy musobaqalar:
G‘olib jamoaga 5.000.000 so‘m beriladi.

NATIJALAR
Ayollar
3-o‘rin – Korotkova Yelena
2-o‘rin – Bugakova Adeliya
1-o‘rin – Datskovskaya Yekaterina

Erkaklar
3-o‘rin – Shadrin Semyon
2-o‘rin – Zaytsev Aleksey
1-o‘rin – Saleniy Aleksandr

Jamoaviy musobaqa g‘olibi – Ahmat KrossFit Arena / KrossFit 998

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring