Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston triatlon bo‘yicha jahon chempionatidagi eng yaxshi jamoalardan biri bo‘ldi

O‘zbekiston triatlon bo‘yicha jahon chempionatidagi eng yaxshi jamoalardan biri bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

8-iyul kuni Milliy matbuot markazida Triatlon federatsiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi sportchilarining Jahon chempionatida ishtiroki to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

Ushbu chempionat har 4 yilda bir marta Xalqaro harbiy sport sport kengashi (CISM) tomonidan o‘tkaziladi va bu yil 22-marta o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, 2021-yil 3-iyulda Ispaniyaning Lansarot orolida Triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi ilk marta ishtirok etgan. Doniyorxuja Hamroyev, Andrey Sharipov va Alina Hakimova musobakada mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi terma jamoasi sportchisi, Milliy gvardiya xodimi Alina Hakimova ayollar o‘rtasida kumush va 19-24 yosh toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

«Bizga musobaqada qatnashishimiz haqida bir oy oldin ma’lum qilishgandi. Shundan so‘ng Bo‘stonliqdagi tog‘li hududda tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazdik. Bu mening musobaqalardagi birinchi ishtirokim. Menda qo‘rquv bor edi. Musobaqadan oldin belgilangan masofaning yarmini ham bosib olmagandim. Ammo jamoa bilan birga qilgan harakatlarimiz birinchi ishtirokimizdayoq oliy o‘rinlardan birini olishimizni ta’minlay oldi», — deydi Alina Hakimova.

Bundan tashqari, ishtirokchilarimiz jamoaviy bahsda chempionatda 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.

Eng yaxshi uchta jamoa g‘oliblari quyidagilar:

1-o‘rin: Rossiya
2-o‘rin: O‘zbekiston
3-o‘rin: Belgiya

Shuningdek, Alina Hakimova 2021-yil oktyabr oyida Kona shahrida (AQSh, Gavayi) bo‘lib o‘tadigan triatlon bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun litsenziya bilan taqdirlandi, u yerda u birinchi marta O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring