Toshkentda «Real Madrid kubogi» musobaqasi o‘tkaziladi

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida yurtimizga «Qirollik klubi» skautlari va murabbiylari tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa turli tadbirlar o‘tkailishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida 2006-yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida «Real Madrid kubogi» musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqani «Qirollik klubi» skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter