Toshkentda «Inter cup–2018» musobaqasi o‘tkazildi

Bugun 31-may kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda «Inter sport project» sport kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida «1-iyun – Xalqaro bolalar kuni»ga bag‘ishlangan 2011-2012-yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida «Inter cup–2018» musobaqasi tashkil qilindi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida xabar berilgan.
Musobaqada «Inter sport», «Paxtakor», «Odil Junior», «Spartak», «JFL» kabi bolalar jamoalari ishtirok etib, maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Professional ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov va musobaqaning faxriy mehmoni O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasi a’zosi Odil Ahmedov ishtrokchilarga homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar.
Taqdirlash marosimidan so‘ng «Anor» bolalar ashula va raqs ansambli a’zolari o‘zlarining chiqishlari bilan yosh futbolchilar hamda tomoshabinlarning kayfiyatlarini xushnud etishdi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh futbolchilarga katta futbolga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlariga hamda bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter