Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt karra jahon chempioni vafot etdi

To‘rt karra jahon chempioni vafot etdi

Jahon chempionati rekordini o‘rnatgan braziliyalik Mario Zagallo 93 yoshida vafot etdi.

So‘nggi yillarda Zagallo bir necha bor kasalxonaga yotqizilgandi.

«Abadiy jahon chempionimiz Mario Zagallo vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilamiz. Fidoyi ota, mehribon bobo, g‘amxo‘r qaynota, sodiq do‘st, g‘olib professional va buyuk inson. Bizga katta yutuqlarni meros qoldirgan vatanparvar», deyiladi Zagalloning oilasi bayonotida.

2022 yilning oxirida Pele vafot etganidan keyin Mario Zagallo 1958 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan jamoa a’zolaring hayot bo‘lgan yagona vakili edi. Shuningdek, Zagallo futbolchi sifatida 1962 yilda ham Jahon kubogini yutgan. 1970 yilda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi, 1994 yilda esa esa yordamchi murabbiy sifatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Futbol tarixida hech kim to‘rt marta jahon chempioni bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring