Tokio Olimpiadasiga ikki yo‘llanma naqd. Yana uchtasi hal etilishi kutilmoqda

Xabaringiz bor, shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari masalasi hal etilmoqda.
Bugun, 8-mart kuni ushbu litsenzion musobaqa doirasida besh nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari hal qiluvchi janglarda o‘z ishtirokini boshlashdi. Ushbu janglarning ahamiyati shundaki, bu bahslarda g‘alaba qozongan bokschilar Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritishadi.
E’tiborlisi, ikki nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘lishdi va kutilgan g‘alabalar va yo‘llanmalarni bizga taqdim etishdi. Dastlab, -69 kg vaznda Bobousmon Baturov xitoylik Kiong Yersunni mag‘lub etgan bo‘lsa, -91 kg vaznda Sanjar Tursunov eronlik Tufan Sharifidan ustun keldi.
Ushbu turnir doirasida yana uch nafar bokschimiz yo‘llanmalar uchun ringga ko‘tarilishadi. Unga ko‘ra:
-69 kg: Maftunaxon Meliyeva — Lovlina Borgoain (Hindiston);
-75 kg: Fanat Qahramonov — Abilxan Amankul (Qozog‘iston);
+91 kg: Bahodir Jalolov — Danis Latipov (Bahrayn) janglari o‘tkaziladi.
Ushbu janglarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz va ulardan ham Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini kutib qolamiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter