Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio-2020: medal olgan musulmon sportchilar o‘ntaligi

Tokio-2020: medal olgan musulmon sportchilar o‘ntaligi

Yaqinda Tokioda 2021 yilgi olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarda 11 000 dan ortiq sportchilar bellashdilar. E’tiboringizga ushbu Olimpiada medallarini qo‘lga kiritgan musulmon sportchilar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

1. Sifan Hasan

Niderlandiyalik Sifan Hasan bitta Olimpiadada yengil atletikaning uch turi (yugurish) bo‘yicha 1500, 5000 va 10 ming metr masofalarda medalni qo‘lga kiritgan birinchi sportchi bo‘ldi. U Efiopiyada tug‘ilgan, 15 yoshida 2008 yilda vatanini tashlab, qochqin sifatida
Niderlandiyaga kelgan.

2. Firyol Abdulaziz

Firyol Abdulaziz +61 kg vazn toifasida ayollar karate-kumite bahslari finalida ozarbayjonlik Irina Zaretskayani 2:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va shunday sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi misrlik bo‘ldi. Misr 17 yil ichida birinchi marta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Undan oldin Karim Gabir 2004 yil Afina o‘yinlarida Misr uchun oltin medalni olib bergandi. Firyol Abdulaziz 1999 yilda tug‘ilgan va 7 yoshida Qohirada karate bilan shug‘ullangan.

3. Faris Ibrohim al-Bah

Qatarlik Faris al-Bah Tokio o‘yinlarida 402 kg. og‘irlikni ko‘tarib, erkaklar o‘rtasida 96 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Asli misrlik Muso Hasuna ismli og‘ir atletikachi dast ko‘tarishda 177 kg. ko‘tardi, so‘ngra siltab ko‘tarishda 225 kg. og‘irlik bilan Olimpiya rekordini o‘rnatdi. Bu ikki urinishlar Olimpiada rekordlaridan biri bo‘ldi, raqobatchilari bu natijani yangilay olmadi.

4. Muhammad Karim Sabihi

Muhammad Karim Sabihi britaniyalik eshkak eshuvchi, uch karra Olimpiya chempioni va Olimpiada medali sovrindori. Odatda Mo Sabihi nomi bilan mashhur bu sportchi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Buyuk Britaniya bayrog‘ini ko‘targan birinchi musulmon bo‘ldi. Mo Sabihi 2016 yildagi Rio Olimpiadasida eshkak eshish bo‘yicha to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2012 yilgi London Olimpiadasida esa erkaklar sakkiztaligida Britaniya terma jamoasida bronza medalni olgan edi. Sportchi yana bronza medalini qo‘lga kiritib, Tokio o‘yinlarida kuchli sakkizlikka qaytdi.

5. Bahodir Jalolov

O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov boks bo‘yicha amerikalik Richard Torresni mag‘lubiyatga uchratib, boks bo‘yicha Olimpiada chempioni bo‘ldi va mamlakatimiz uchun uchta oltin medaldan birini qo‘lga kiritdi. 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan, 2019 yil Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qo‘lga kiritgan oltin medali hisobiga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonini olgan.

6. Mete G‘azoz

Turkiyalik Mete G‘azoz erkaklar o‘rtasida kamondan o‘q otish musobaqasida italiyalik Mauro Nespolini 6:4 hisobida mag‘lub etib, Olimpiada g‘olibi bo‘ldi. G‘azozning muvaffaqiyati Turkiyaga birinchi oltin medalni olib keldi. Mete G‘azoz 1999 yilda Istanbulda tug‘ilgan, kamondan o‘q otish bo‘yicha Istanbul yoshlar sport klubida o‘qigan va 16 yoshida Bokuda bo‘lib o‘tgan 2015 yilgi Yevropa o‘yinlarida birinchi marta Turkiya sharafini himoya qilgan.

7. Mutaz Essa Barshim

Qatarlik yengil atletikachi Mutaz Essa Barshim 2021 yilgi Tokio o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. U, shuningdek, amaldagi jahon chempioni sifatida va shaxsiy eng yaxshi 2,43 sm. rekordi bilan tarixdagi ikkinchi eng yaxshi sportchiga aylandi. U ilgari 2017 yilda Londonda va 2019 yilda Dohada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni olgan. Barshim 2012 yilda London yozgi Olimpiadasida bronza, 2016 yilda Rioda kumush, 2020 yilda Tokiodagi yozgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi.

8. Ahmad Hafnaviy

18 yoshli suzuvchi Ahmad Ayub Hafnaviy 400 metrga erkin usulda suzish musobaqasida qatnashdi va Afrika uchun birinchi, Tunis uchun yagona oltin medalni qo‘lga kiritdi. 18 yoshli tunislik saralash bahslarida 16-o‘rinni egallab, Tokioga yo‘l olgandi, lekin 3:43.36 natijasi bilan Olimpiada oltinini qo‘lga kiritdi.

9. So‘fiyon al-Baqqoli

Marokashlik Sufiyon al-Baqqoli 40 yillik Olimpiada rekordini yangilab, 3000 metrga yugurish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. U 8.90 natija bilan Tokio Olimpiadasida Marokash uchun yagona oltin medalni qo‘lga kiritdi.

10. Akbar Jo‘rayev

Olimpiadada og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 109 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jo‘rayev 430 kg., siltab ko‘tarishda 237 kg. va dast ko‘tarishda 193 kg. Olimpiada rekordini o‘rnatdi. 2019 yilda u og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 109 kg. vazn toifasida ishtirok etgan, barcha mashqlarda kumush medallarni qo‘lga kiritib, dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va umumiy hisobda o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordini o‘rnatgandi. Sportchi 2018 yilgi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 102 kg. vazn toifasida ishtirok etgan, siltab ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritib, siltab ko‘tarishda va o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordini o‘rnatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring