Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio-2020. Ikki nafar suzuvchimiz finalga chiqdi

Tokio-2020. Ikki nafar suzuvchimiz finalga chiqdi

XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bugungi bahslari ham para suzish bilan boshlandi.

Ertalabki dasturda 3 nafar para suzuvchimiz final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Dastlab Firdavsbek Musabekov 100 metrga brass usulida suzish bahsida o‘z guruhida 2-o‘rin bilan finalga yo‘l oldi.

Shundan so‘ng Shohsanam Toshpo‘latova ham o‘z guruhida to‘rtinchi natija bilan final ishtirokchisiga aylandi. Afsuski, Nigora Mirzohidova saralashdan o‘ta olmadi.

Shu tariqa, Musabekov Toshkent vaqti bilan soat 15:02 da, Toshpo‘latova esa 15:08 da medallar uchun kurash olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring