Tokio-2020: 24-iyul kuni medallarni qo‘lga kiritgan barcha sportchilar

Oltin medalni qo‘lga kiritgan Syan Yan (Xitoy) hamda Anastasiya Galashina (kumush, Rossiya) va Nina Kristen (bronza, Shveysariya).
Bugun, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunida sportchilar 11 ta medallar jamlanmasi uchun kurashdilar
Barcha g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Kamondan o‘q uzish, mikst: oltin — An San, Kim Chje Dok (Janubiy Koreya), kumush — Gabriela Shlyosser, Stiv Viyler (Niderlandiya), bronza — Alexandro Valensiya, Luis Alvares (Meksika).
Velosport, shosse: oltin — Richard Karapas (Ekvador), kumush — Vaut van Art (Belgiya), bronza — Tadey Pogachar (Sloveniya).
Qilichbozlik, sablya, erkaklar: oltin — Aron Siladi (Vengriya), kumush — Luiji Samele (Italiya), bronza — Kim Jon Xvan (Janubiy Koreya).
Qilichbozlik, shpaga, ayollar: oltin — Sun Iven (Xitoy), kumush — Ana Mariya Popesku (Ruminiya), bronza — Katrina Lexis (Estoniya).
Dzyudo, erkaklar, 60 kg.gacha: oltin — Naoxisa Takato (Yaponiya), kumush — Yan Yun Vey (Tayvan), bronza — Yeldos Smetov (Qozog‘iston) va Luka Mxeidze (Fransiya).
Dzyudo, ayollar, 48 kg.gacha: oltin — Distriya Krasniki (Kosovo), kumush — Funa Tonaki (Yaponiya), bronza — Darya Beloded (Ukraina), Munxbatin Uranseseg (Mo‘g‘uliston).
Merganlik, erkaklar, pnevmatik to‘pponcha, 10 m: oltin — Javod Farug‘iy (Eron), kumush — Damir Mikets (Serbiya), bronza — Pan Vey (Xitoy).
Merganlik, ayollar, pnevmatik vintovka, 10 m: oltin — Syan Yan (Xitoy), kumush — Anastasiya Galashina (Rossiya), bronza — Nina Kristen (Shveysariya).
Txekvondo, erkaklar, 58 kg.gacha: oltin — Vito Dellakvila (Italiya), kumush — Muhammad Xalil Jendubi (Tunis), bronza — Mixail Artamonov (Rossiya) va Yang Yun (Janubiy Koreya).
Txekvondo, ayollar, 49 kg.gacha: oltin — Panipak Vongpattanakit (Tailand), kumush — Adriana Sereso (Ispaniya), bronza — Abishag Semberg (Isroil) va Tiyana Bogdanovich (Serbiya).
Og‘ir atletika, ayollar, 49 kg.gacha: oltin — Xou Chjixuey (Xitoy), kumush — Chanu Sayhom Mirabai (Hindiston), bronza — Vindi Kantika Aysa (Indoneziya).
Birinchi kungi musobaqalardan keyin Xitoy 4 medal (3 oltin, 1 bronza) bilan yetakchilik qilyapti. Keyingi o‘rinlarda: Italiya (1 oltin, 1 kumush) va Yaponiya (1 oltin, 1 kumush).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter