Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«The Guardian»: 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi

«The Guardian»: 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi

Leo Messi

Foto: «The Guardian»

«The Guardian» nashri dunyoning 2017-yildagi eng yaxshi 100 nafar futbolchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi deb Lionel Messi tan olindi. Ikkinchi o‘ringa Krishtianu Ronaldu loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Neymarga nasib etdi.

Kuchli o‘nlikdan Kevin De Bryuyne, Garri Keyn, Luka Modrich, Robert Levandovski, Kilian Mbappe, Toni Kroos va Eden Azarlar o‘rin olgan. Fransiyalik iqtidor egasi Kilian Mbappe mazkur ro‘yxatga birinchi marta kiritilgan bo‘lsa, o‘nlik orasida eng katta o‘sishga erishgan futbolchi o‘tgan yilgi so‘rovda 33-pog‘onada tilga olingan Garri Keyn hisoblanadi.

Nashrning o‘tgan yilgi so‘rovnomasida «Real» hujumchisi Ronaldu 1-o‘rinni egallagandi, 2016-yili kuchli uchlikka kirgan Luis Suares joriy yilda 15, 4-o‘rindagi Antuan Grizman bor-yo‘g‘i 18-o‘rinda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning eng yaxshi futbolchilarini «The Guardian» nashrining 63 mamlakatdagi 169 ta eksperti ovoz berib aniqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring