Terma jamoa hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Temurxo‘ja Abduxoliqovning farzandi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Temurxo‘ja Abduxoliqov O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubida to‘p suradi. U yaqinda «Lokomotiv»ning Turkiya yig‘inida hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi yig‘inida ishtirok etgandi.
«Xabar.uz» Temurxo‘ja Abduxoliqovga farzandining bevaqt vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter