Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayson Fyuriga Bahodir Jalolov bilan jang o‘tkazish taklif qilindi. Fyuri esa kulib javob qaytardi

Tayson Fyuriga Bahodir Jalolov bilan jang o‘tkazish taklif qilindi. Fyuri esa kulib javob qaytardi

Superog‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga (29-0-1, 20 KO) WBO prezidenti Fransisko Valkarsel o‘zbek bokschisi Bahodir Jalolov bilan jang qilishni taklif qildi.

Promouter Lu Dibella o‘zining Twitter sahifasida kompaniya bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik kuchli, tezkor va «katta potensial»ga ega bo‘lgan Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) yaqin kelajakda divizion uchun katta muammolar keltirishini yozdi.

«Biz uni Tayson Fyuri kabi yigitlar bilan ringda ko‘rishni istaymiz», deb yozdi bunga javoban WBO rahbari.

Fyuri bunga: «Ha-ha-ha», deb javob qaytardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring