Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suratdagi futbolchi FIFA 2022 o‘yinidan nega olib tashlandi?

Suratdagi futbolchi FIFA 2022 o‘yinidan nega olib tashlandi?

Foto: «Ferra»

«Manchester Siti» himoyachisi Benjamen Mendi 10-sentyabr kuni sudga chaqirildi: u to‘rtta holat bo‘yicha, xususan, nomusga tekkanlikda ayblanmoqda.

Shu bois ham kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchisi — EA futbolchini taqdimoti 1 oktyabrga belgilangan FIFA 2022 o‘yinidan chiqarib tashladi.

Futbolchi nomusga tegish (to‘rtta holat) va jinsiy zo‘ravonlikda (bitta holat) ayblanyapti. Barcha voqealar 2020-yilning oktyabridan 2021-yilning avgustigacha bo‘lgan oraliqda ro‘y bergan. Tergov tugaguniga qadar «Manchester Siti» Mendini o‘yinlardan chetlatgan.

Benjamen Mendi jahon futbolida tanilgan nomlardan, shu bois «FIFA» o‘yinlarining turli talqinlariga kiritilgan. Faqat bu safarmas, u o‘zini himoya qila olsa ham katta gap.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas