Stiven Sigal Otabek Umarovni tabrikladi
Taniqli aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Otabek Umarovni yangi vazifani egallagani bilan tabrikladi.
«Mening do‘stim Otabek Umarov O‘zbekiston MMA federatsiyasining rahbari etib tayinlandi. Tabriklayman, oshna!» — deb yozib qoldirgan u o‘zining Instagramdagi sahifasida.
Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilinib, unga Otabek Umarov prezident etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasida ham rahbar sifatida faoliyat olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter