Stadionda tamaki chekkan «Navbahor» fotomuxbiri jazolandi
O‘zbekiston superligasining 20-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Navbahor» uchrashuvi tanaffusi vaqtida «Navbahor» futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov texnik hududda tamaki iste’mol qilgani o‘yin komissari tomonidan qayd etilgan.
O‘zPFL rasmiy saytida yozilishicha, musobaqalar reglamentining 3-qism 3.9 bandi hamda intizomiy va jarimalar kodeksining 2-qism 5.37 bandini qo‘pol ravishda buzgan fotomuxbir 1 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter