Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stadionda Ronalduga hujum qilishdi

Stadionda Ronalduga hujum qilishdi

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Atalanta» klubini qabul qilib, irodali tarzda g‘alaba qozondi.

O‘yinda mankunianliklar 2:0 hisobida ortda borayotib, kambek amalga oshirishdi va hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirishdi. Bungacha esa ularning o‘yini stadiondagi muxlislarning jahlini chiqarib ulgurgan edi.

Uchinchi golni Ronaldu 81-daqiqada urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan bo‘lsa-da, unga bir muxlis tashlangan (suratda). U golini nishonlayotgan paytda g‘azablangan muxlis unga hujum qilgan, lekin qo‘riqchilar to‘sig‘idan o‘ta olmagan, faqat Ronalduning libosini tortishga ulgurgan xolos.

Mahalliy matbuotning yozishicha, bu holat Ronalduning kayfiyatiga ta’sir qilmagan.

Eslatib o‘tish kerak, Ronaldu YeChLda 3 ta gol urdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring