Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taekvondo. Ikki sportchimiz Osiyo chempioni bo‘ldi

Taekvondo. Ikki sportchimiz Osiyo chempioni bo‘ldi

Foto: «UzA»

Vetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza — jami sakkizta qo‘lga kiritdi. 

Qit’a birinchiligida hamyurtlarimizdan Nikita Rafalovich (-74kg.) va Nigora Tursunqulova (-67kg.) oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. 

Shuningdek, Jasur Boyqo‘ziyev (-87kg.) kumush, Maksim Rafalovich, Sardor Toirov, Madina Mannopova, Niyoz Po‘latov va Dmitriy Shokin bronza medallari bilan taqdirlandi.

Qit’amizning 34 mamlakatdan 564 nafar mazkur Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring