Sport tarixidagi eng yirik shartnoma imzolandi
AQShning MFLda (amerikacha futbol) qatnashuvchi «Kanzas-Siti Chifz» klubi Patrik Mahoums bilan professional sport tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi. 10 yilga tuzilgan shartnomaga ko‘ra, sportchi 503 million dollar ishlab oladi.
Tomonlar yangilagan shartnoma 2022-yildan kuchga kirishi haqida ESPN yozmoqda. Sportchining «sardorlar» bilan oldingi shartnomasi 2017-yilda tuzilgan, unga ko‘ra, qolgan ikki mavsumda Mahoumsga 27,6 million dollar to‘lanadi.
Mahoums — kanzasliklarning Superbouldagi eng qimmat o‘yinchisi. Jamoa 1970-yildan beri ilk marta Milliy futbol ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi o‘yinda «Chifz» «San-Fransisko»ni dog‘da qoldirdi.
Sport olamida Mahoumsgacha eng yirik shartnoma «Los-Anjeles Enjels» beysbolchisi Mayk Trautga tegishli edi. U o‘tgan yili jamoasi bilan 430 million dollarlik shartnomani 12 yilga tuzgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter