So‘nggi turda g‘alaba qozongan Javohir Sindorov «Chellenjer» guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi
«Tata Steel Chess 2023» turinirining «Chellenjer» guruhida qatnashayotgan Javohir Sindorov so‘nggi turda niderlandiyalik Tomas Berdsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Sindorov ochkolarini 8,5 taga yetkazib olib, «Chellenjer» guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayni daqiqalarda yana bir shaxmatchimiz — Nodirbek Abdusattorov «Tata Steel Chess 2023» bosh musobaqasida raqibiga qarshi dona suryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter