Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sindorov Jahon kubogining 1/16 finaliga yo‘l oldi

Sindorov Jahon kubogining 1/16 finaliga yo‘l oldi

Turnirning 1/32 finali 2-partiyasida qora donalarda o‘ynagan Javohir Sindorov (2 659) fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav (2739) ustidan g‘alaba qozondi.

Sindorov, shu tariqa Jahon kubogining 1/16 finaliga yo‘l oldi. Endi u 1/16 finalda Arjun Erigaysi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tayotgan mukofot jamg‘armasi 2,5 million AQSh dollardan ziyod bo‘lgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogida o‘zbekistonlik shaxmatchilar – Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nilufar Yoqubboyevalar ishtirok etishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring