Shvedlar nega norozi?
Xabaringiz bor, FIFA Polsha terma jamoasini avtomatik ravishda Qatar-2022 jahon chempionati saralashining final bosqichiga chiqargandi (polyaklarning raqibi Rossiya barcha turnirlardan chetlatilgani uchun — tahr.). Shvetsiya futbol ittifoqi bosh direktori Xokan Shestrand ushbu holatga sportga xos bo‘lmagan qaror, deya noroziligini bildirdi.
Tashkilot matbuot xizmati Shestranddan iqtibos keltirishicha, FIFA polyaklarga yangi raqib tayinlashi kerak edi. O‘shanda «adolatli qaror» bo‘lardi.
Shvedlarni tushunish qiyinmas? Chunki saralash finalida Polsha terma jamoasi Shvetsiya va Chexiya o‘rtasida 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinning g‘olibi bilan yo‘llanma uchun kuch sinashadi.
Og‘ir o‘yindan so‘ng «dam olgan», kamiga Levandovskidek eng zo‘r hujumchisi bor Polsha bilan to‘qnashishni Chexiya ham istamasdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter