Shvetsiya so‘nggi umid sifatida Zlatanni termaga chaqirdi
![Shvetsiya so‘nggi umid sifatida Zlatanni termaga chaqirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2954270016.jpg)
Futbol bo‘yicha Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson JCh-2022 saralashining navbatdagi o‘yinlariga Zlatan Ibrohimovich va Yoakim Nilssonni termaga chaqirdi.
Zlatan terma jamoaga chaqirilmayotgan edi. Lekin Shvetsiya B guruhida 2-o‘rinda turgan bo‘lsa-da, Gretsiya undan oldinga o‘tib ketish ehtimoli yo‘q emas. Qolaversa, sentyabrdagi o‘yinda shvedlar yunonlarga yutqazgandi.
№ | Jamoalar | O‘yin | G‘alaba | Durang | Mag‘lubiyat | T/n | Ochko |
1 | Ispaniya | 6 | 4 | 1 | 1 | 13-5 | 13 |
2 | Shvetsiya | 4 | 3 | 0 | 1 | 7-3 | 9 |
3 | Gretsiya | 4 | 1 | 3 | 0 | 5-4 | 6 |
4 | Kosovo | 5 | 1 | 1 | 3 | 3-9 | 4 |
5 | Gruziya | 5 | 0 | 1 | 4 | 2-9 | 1 |
Endi 9 va 12 oktyabr kunlari Shvetsiya o‘z uyida avval Kosovo, keyin Gretsiyani qabul qiladi. Bosh murabbiy ushbu o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar:
- Pontus Dalberg, Donkaster Rovers
- Kristoffer Nordfeldt, AIK
- Robin Olsen, Sheffild Yunayted
Himoyachilar:
- Lyudvig Avgustinsson, Sevilya
- Markus Denielson, Dalyan
- Mattias Yoxansson, Legiya Varshava
- Emil Kraft, Nyukasl
- Yoakim Nilsson, Arminiya Bilefeld
- Viktor Nilsson Lindelyof, Manchester Yunayted
- Martin Olsson, Malmyo FF
- Karl Starfelt, Seltik
Yarim himoyachi / hujumchilar:
- Yens Kayuste, Markaziy Yutlandiya
- Viktor Klaesson, Krasnodar
- Albin Ekdal, Sampdoriya
- Magnus Eriksson, Yurgorden
- Emil Forsberg, Leypsig
- Zlatan Ibragimovich, Milan
- Aleksandr Isak, Real Sosedad
- Yesper Karlsson, Alkmar
- Deyan Kulusevski, Yuventus
- Kristoffer Olsson, Anderlext
- Robin Kueyson, Al-Ettifak
- Ken Sema, Uotford
- Mattias Svanberg, Bolonya
- Isaak Kize Telin, Baniyas
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter