Shu paytgacha superligaga o‘yinlariga salkam 500 ming muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilgidan ikki barobar ko‘p
Superliganing ortda qolgan 7 ta tur davomida jami 42 uchrashuvni jami 496 862 nafar ishqiboz stadionlardan kuzatib bordi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida xabar berildi.
«2017 yilgi mavsumda jamoalar soni 4 taga ko‘proq edi. Shundan kelib chiqib, dastlabki 7 ta turda jami 56 ta o‘yin o‘tkazilgan. Muxlislar soni esa jami 306 562 nafarni tashkil qilgan.
Mana shu raqamlar ham muxlislar soni borasida o‘sish ko‘zga tashlanayotganidan darak beradi. Oliy Liganing 2017-yilgi mavsumi 7-turiga qadar muxlislarning stadionlargacha o‘rtacha tashrifi 5 474 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, Superliganing ilk mavsumida bu ko‘rsatkich 11 830 nafarga yetdi. Ya’ni, hozircha ko‘rsatkich ikki barobar yaxshilangan», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter