Sergey Bubkaning rekordi 26 yil deganda yangilandi (video)
Sobiq sovet va ukrain atleti, o‘z davrida langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha tengsiz sanalgan Sergey Bubka shvetsiyalik izdoshi Arman Dyuplantisga tabrik yo‘lladi.
«Rekordimni yangilagani bilan tabriklayman. Aql bovar qilmas natija. Ota-onasini ham qutlayman. Ular buyuk insonlar. Uzoq yillar o‘tib yorqin yulduz porlagani uchun atletika va sportdan mamnunman. Eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman, yanada baland marralar sari olg‘a!», — deb yozdi Sergey Bubka tvitterda.
Ma’lumot uchun: langarcho‘pda balandlikka sakrash (ochiq havodagi inshootlarda) bo‘yicha avvalgi rekord (6 metr 14 santimetr) Sergey Bubka tomonidan 1994-yilda o‘rnatilgan edi.
26 yildan beri hech kim yangilay olmayotgan bu dovonni Rimda bo‘lib o‘tgan «Brilliant liga» o‘yinlarida Arman Dyuplantis zabt eta oldi: endi yangi jahon rekordi — 6 metr 15 santimetr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter