Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Bubkaning rekordi 26 yil deganda yangilandi (video)

Sergey Bubkaning rekordi 26 yil deganda yangilandi (video)

Foto: «YouTube»

Sobiq sovet va ukrain atleti, o‘z davrida langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha tengsiz sanalgan Sergey Bubka shvetsiyalik izdoshi Arman Dyuplantisga tabrik yo‘lladi.

Sergey Bubka. Foto: «Sport 24»

«Rekordimni yangilagani bilan tabriklayman. Aql bovar qilmas natija. Ota-onasini ham qutlayman. Ular buyuk insonlar. Uzoq yillar o‘tib yorqin yulduz porlagani uchun atletika va sportdan mamnunman. Eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman, yanada baland marralar sari olg‘a!», — deb yozdi Sergey Bubka tvitterda.

Ma’lumot uchun: langarcho‘pda balandlikka sakrash (ochiq havodagi inshootlarda) bo‘yicha avvalgi rekord (6 metr 14 santimetr) Sergey Bubka tomonidan 1994-yilda o‘rnatilgan edi.

26 yildan beri hech kim yangilay olmayotgan bu dovonni Rimda bo‘lib o‘tgan «Brilliant liga» o‘yinlarida Arman Dyuplantis zabt eta oldi: endi yangi jahon rekordi — 6 metr 15 santimetr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring