Senegal finalda Misrni mag‘lub etdi
Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal va Misr jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Uchrashuvning ilk daqiqalarida senegalliklar sardori Sadio Mane penaltidan foydalana olmadi, biroq yakunda baribir uning jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Bahsning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Senegalga omad kulib boqdi va o‘z tarixida ilk bor qit’a chempioni bo‘ldi.
Misr kumush, mezbon Kamerun esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Senegal — Misr 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:2.
Senegal — E.Mendi, B.Sarr, Kulibali, Diallo, Siss, Kuyate (P.Guye, 66), N.Mendi, I.Sarr (Dia, 77), I.Guye, Mane, Dedu (Deng, 77).
Misr — Abu Gabal, Ashur, Ablumonem, Hamdi, AbulFatuh, Fati (Lashin, 99), El Nenni, As Soliya (Trezege, 59), Marmush (Zizu, 59), Saloh, Muhammad (Hamdi, 59).
Ogohlantirishlar: Abdulmonem (5), N.Mendi (17), Fati (37), Kulibali (44), Diallo (54), Mane (88),
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter