Samvel Babayan «Spartak»ka o‘zbek futbolchilarini olib ketmoqchi (video)
Latviyaning «Spartak» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan bir necha kun avval televideniyeda chiqish qilib, «o‘zbek murabbiylarining saviyasini ko‘rsatib qo‘yish»ga ahd qilgani haqida yozgan edik.
«Offside.uz» nashrining yozishicha, ko‘rsatuv davomida boshlovchi «Jamoa o‘z muxlislarini g‘alaba qozonishga va chempion bo‘lishga o‘rgatib qo‘ydi. Buni davom ettirish qiyin emasmi?» deya berilgan savolga qo‘yidagicha javob berdi:
«Doimo g‘alaba qozonib kelgan jamoaning natijasini takrorlash qiyinligi sir emas. Sababi jamoa aynan shunday yengilmas kayfiyatda bo‘ladi, ayniqsa «Spartak» ketma-ket olti marta Latviya chempioni bo‘lgan. Ushbu mavsumda kurash qizg‘in kechishi aniq, sababi raqobatchi jamoalar ham ancha kuchaygan. Kamida o‘tgan mavsumdagi natijani takrorlashga harakat qilamiz».
«O‘zbekistonlik futbolchilarni Latviyaga taklif etish niyatingiz yo‘qmi?», — degan savolga esa Babayan: «Kun tartibida bu masala ham bor. Ayni vaqtda yozgi transfer bozori uchun seleksiya ishlarini olib boryapmiz. Sababi chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kurashishimiz kerak. O‘zbek futbolchilarini ushbu davlatga olib kelishga harakat qilamiz», — deya javob qaytargan.
Samvel Babayan aynan qaysi futbolchilarni nazarda tutgani, ular orasida Igor Sergeyev va Stanislav Andreyevlarning bor-yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter