Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviya prezidentini piyodalar o‘tish joyida mashina urib ketayozdi, kamiga dakki eshitdi

Latviya prezidentini piyodalar o‘tish joyida mashina urib ketayozdi, kamiga dakki eshitdi

Foto: Delfi

Kechagi tong Edgar Rinkevich uchun so‘nggi tongga, Latviya uchun fojiaga aylanishiga sal qoldi. Latviya prezidentini piyodalar o‘tish joyida mashina urib ketishiga oz qoldi, deb yozdi Press.lv.

Qizig‘i, hodisa haqida X (Twitter) tarmog‘i orqali voqeaning bevosita ishtirokchisi (haydovchi) — Latviya radiosining yangiliklar bo‘limi rahbari Ugis Libiyetis xabar berdi. Kechirim so‘radi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Qaytanga u Rinkevichga dakki berdi...

«Piyodalar o‘tish joyida, ularning oyoqlarini bosib ketmaslik uchun, atayin tormoz berdim. Edgar Rinkevich va uning tansoqchilari! Janob prezident, yo‘lni kesib o‘tishdan avval, chapga va o‘ngga qarab olish kerak! Qolaversa, tansoqchilar uchun...».

Aksariyat internet foydalanuvchilarini haydovchining hissiyotlari ajablantirdi.

— Piyodalar o‘tish joyida «atayin» tormoz berish — bu nima degani?

— Agar prezident bo‘lmasa, demak, tormoz bermas ekansan-da.

— Sekinroq haydasangiz va piyodalar o‘tish joyida hushyor bo‘lsangiz, «qo‘qqisdan» va «kutilmaganda» paydo bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun «atayin» tormoz berishingizga hojat qolmaydi. Bolalar ham shunday, hech qayoqqa qaramaydi, siz esa shungayam hayron bo‘lib «atayin» tormoz berishga ulgurmaysiz.

— Men esa bunda sarlavhani ko‘ryapman: «Latviya radiosining yangiliklar bo‘limi rahbari prezidentni urib ketishiga sal qoldi».

Hatto keyinroq prezidentning o‘zi ham hazillarga qo‘shildi: «Matbuot meni bosib ketmoqchi bo‘lyapti!».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring