Samvel Babayan Latviyada «o‘zbek murabbiylarining saviyasini ko‘rsatish»ga va’da berdi
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Latviya chempioni — «Spartak» (Yurmala) klubi bosh murabbiyiga aylanganini bilasiz.
«Offside.uz» nashrining ma’lum qilishicha, Babayan bir necha kun oldin Latviya telekanali mehmoni bo‘lgan.
«O‘FA tomonidan futboldan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan bir necha kun avval Latviya telekanali mehmoni bo‘ldi.
U o‘z nutqida «Spartak» (Yurmala) rahbariyatiga ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi hamda u yerda o‘zbek futboli va o‘zbekistonlik murabbiylarning saviyasini ko‘rsatishga harakat qilishini aytdi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: «Samvel Babayan Latviya chempioni bosh murabbiyi etib tayinlandi»
Aytish kerakki, shu yilning 15-yanvar kuni O‘FF ijroqo‘mi Samvel Babayanning «kirdikorlarini fosh qilib» o‘zini bir umrga futboldan chetlatgan, hujjatlari esa «prokuraturaga yuborilgan» edi.
«Championat.asia» nashri ushbu masalada Latviya futbol federatsiyasiga murojaat qilgan va ular O‘FA ijroqumi Babayandan 1-fevral kuni diskvalifikatsiyani olib tashlanganini bildirgan edi.
O‘FA hozircha umrbod futboldan chetlatilgan Babayan Latviyada nima qilib yurgani haqida hech qanday izoh bergani yo‘q.
Mavzuga doir: «O‘FA umrbod futboldan chetlatilgan Babayanni kechirdimi?»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter