Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saloh Manega qarshi: Afrika kubogi finalchilari ma’lum

Saloh Manega qarshi: Afrika kubogi finalchilari ma’lum

2-3 fevral kunlari Kamerunda Afrika millatlar kubogining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar natijalariga ko‘ra, Senegal va Misr terma jamoalari finalga yo‘ldi.

Senegal termasi Burkina-Faso ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Mezbon Kamerun va Misr o‘rtasidagi bahs esa haqiqiy jangga, dramaga aylandi. G‘olib penaltilar seriyasi aniqlandi.

Endi 5 fevral kuni Burkina-Faso va Kamerun 3-o‘rin uchun o‘ynaydi. Final o‘yini 6 fevral oqshomiga belgilangan. Finalda «Liverpul»ning ikki yetakchisi Muhammad Saloh (Misr) va Sadio Mane (Senegal) o‘z termalarida bir-biriga qarshi maydonga tushishadi.

Afrika kubogi, yarim final

Burkina-Faso - Senegal - 1:3
Gollar: Abdu Diallo, 70 (0:1). Idrissa Guey, 76 (0:2). Blati Ture, 82 (1:2). Sadio Mane, 87 (1:3).

Kamerun - Misr - 0:0
Penaltilar seriyasi: 1:3

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring