Saloh jahon chempionati startini o‘tkazib yuboradi
Yevropa chempionlar ligasi finalida jarohat olgan Misr terma jamoasi va «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati guruh bosqichining dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Misr terma jamoasi musobaqani 15-iyun kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. «Al-Youm Al-Sabia» nashrida yozilishicha, Saloh ushbu o‘yinda maydonga tusha olmaydi.
Terma jamoa shifokorlari Salohni musobaqada ishtirok etishiga qat’iy ishonch bildirgan bo‘lsa-da, yelkadagi jarohat guruhdagi birinchi o‘yinga qadar butunlay tuzalmasligi mumkin. Misrlik yulduz ayni paytda Ispaniyada davolanmoqda.
Misrning guruh bosqichidagi o‘yinlariga Yekaterinburg shahri mezbonlik qiladi. Saloh 19-iyunda o‘tkaziladigan Rossiya hamda 25-iyunda bo‘ladigan Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter