Ro‘ziqul Berdiyev: «Xavi keladigan o‘yinda stadion to‘ladi»

«Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev «Al Vasl» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«5 mart kuni Qatarning «Al Sadd» klubini qabul qilamiz. Agar muxlislarimiz bugungidek bizni stadionda qo‘llab-quvvatlashsa, har qanday raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatamiz. Umid qilamanki, Xavi keladigan uchrashuvda har qanday ob-havo bo‘lsa ham, stadionimiz to‘ladi. Biz o‘z muxlislarimizga ishonamiz. Fursatdan foydalanib barcha muxlislarimizga, bugungi faolligi uchun minnatdorchilik bildiraman», - dedi Berdiyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter