Yevropadan «quvilgan» Rossiya termasi yarim yil deganda ilk bor g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Iroqni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena»da bo‘lib o‘tdi.
Bu g‘alaba Rossiya terma jamoasi uchun olti oy ichida birinchisi bo‘ldi. So‘nggi bor rossiyaliklar o‘tgan yilning 24-sentyabr kuni Qirg‘iziston bilan o‘yinda (2:1) g‘alaba qozongandi.
Shundan so‘ng Rossiya terma jamoasi Tojikiston, O‘zbekiston va Eron bilan o‘yinlarda uch marta durang o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi 2022-yil boshida Ukrainadagi urush ortidan FIFA va UYeFAdagi barcha musobaqalardan chetlatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter