Rossiya UЕFAdan badarg‘a qilinishi mumkin
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan futbol bo‘yicha ko‘plab sanksiyalarga uchragan Rossiya futbol ittifoqi (RFI) endi Yevropadan ham badarg‘a qilinishi mumkin.
Hozircha bu bo‘yicha UYeFA va FIFAning yakuniy qarori e’lon qilinganicha yo‘q. Lekin agar bu amalga oshsa, RFI Osiyo futbol konfederatsiyasiga qo‘shilishi mumkin. Bu Isroilning Osiyodan chiqib, Yevropaga qo‘shilishidek bo‘ladi.
Hozirgacha rus klublari yevrokuboklardan chetlatilgan, Rossiya terma jamoasi esa JCh-2022 musobaqasida qatnasholmaydi. Rus nashrlarining yozishicha, Rossiya shaxmat federatsiyasi Yevropadan chiqib, Osiyoga o‘tib bo‘lgan.
JCh-2022 o‘tish o‘yinlaridan chetlatilgan RFI Sport arbitraj sudiga apellyasiya bergan, ammo bu rad etilgan. Gap shundaki, Rossiya jahon chempionatida o‘ynashni qanchalik istamasin, u bilan bir setkada bo‘lgan Shvetsiya, Chexiya va Polsha rus futbolchilariga qarshi o‘ynashdan bosh tortishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter