Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya 2020 yilgi Olimpiadadan chetlatilishi mumkin

Rossiya 2020 yilgi Olimpiadadan chetlatilishi mumkin

Foto: «Reuters»

Rossiya 2020 yili Tokioda bo‘ladigan Olimpiadadan chetlatilishi mumkin. Bunga sabab sifatida rossiyalik yengil atletikachi Danil Lisenko doping qabul qilgani aniqlangandan so‘ng soxta hujjatlar taqdim etgani ko‘rsatilmoqda.

Lisenko doping qabul qilgani uchun 2 yilga sportdan chetlatilgan edi. Shundan so‘ng u doping testi topshirgan vaqtda kasallikdan davolangani haqida soxta hujjatlarni taqdim etgan. Xabar qilinishicha, Lisenkoga kasalligi haqidagi ma’lumotnoma aslida mavjud bo‘lmagan klinika tomonidan berilgan. Tibbiyot muassasasi manzili ko‘rsatilgan joyda buzilgan imorat bo‘lgan.

Butunrossiya yengil atletika federatsiyasi ma’lumotnomani soxtalashtirishda ishtirok etgani xabar qilinmoqda. Agarda ushbu ayblov tasdiqlanadigan bo‘lsa Rossiya 2020 yilgi Olimpiadadan chetlatiladi.

Rossiya antidoping agentligi bosh direktori Yuriy Ganus mart oyida bergan bayonotida rossiyalik yengil atletikachilar Olimpiadadan chetlatilishi mumkinligini tasdiqlagan edi. Uning aytishicha, Rossiya oltin medallarni halol yo‘l bilan qo‘lga kiritishi kerak.

2015 yilda Xalqaro yengil atletika federatsiyalar assotsiatsiyasi doping mojarolari tufayli Butunrossiya yengil atletika federatsiyasining faoliyatini to‘xtatgan edi. Hozirda rossiyalik yengil atletikachilar xalqaro musobaqalarda faqat individual ruxsat olgan holatda, neytral status bilan ishtirok eta oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring