Ross Ejli Buyuk Britaniyani aylanasiga suzib chiqdi
Qo‘shma Qirollikning 33 yoshli fuqarosi, Ross Ejli Buyuk Britaniyani aylanasiga suzib chiqqan tarixdagi birinchi inson bo‘ldi. Bu haqda «Life» xabar berdi.
Qariyb yarim yilni ochiq dengizda o‘tkazgan sportchi endi yerda yurishni qaytadan o‘rganishim kerak, deya hazillashgan.
Uch ming kilometr masofani suzib o‘tish uchun Ross Ejli 155 kun sarfladi. U kuniga 12 soatdan suzgan va ortidan kelayotgan qayiqda uxlagan. Uning asosiy ovqati bananlardan iborat bo‘ldi va millionlab kaloriya sarfladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter