Ronalduning kelishi «MYu»ni kuchsizlantirdi – ekspert

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, ayni damda dunyoning taniqli ekspertlaridan biri Jeymi Karrager o‘z tahlilida Krishtianu Ronaldu kelgach «Manchester Yunayted» kuchsizlanganini aytib o‘tdi.
«Ular jamoa emas, futbolchilar guruhi bo‘lib qolmoqda. Krishtianu Ronaldu muammoni bartaraf etishdan ko‘ra, uni chuqurlashtirdi. Shu boisdan ham, ular yaxshi tarkibga ega bo‘lishiga qaramay, hali ham kuchli to‘rtlikning qolgan jamoalari darajasiga chiqa olishmayapti.
Ular o‘z uyidagi so‘nggi 2 uchrashuvda 5 ochko yo‘qotishdi va bu jamoaning beqarorligini ko‘rsatadi», – dedi Karrager.
«Manchester Yunayted» APLda 7-turdan so‘ng 14 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter