Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduni «Oltin to‘p»chilar ro‘yxatiga kiritish hatto o‘ylab ko‘rilmagan

Ronalduni «Oltin to‘p»chilar ro‘yxatiga kiritish hatto o‘ylab ko‘rilmagan

France Football bosh muharriri Vensan Garsiyaning aytishicha, «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxati uchun mas’ul qo‘mita portugaliyalik Krishtianu Ronaldu nomzodini ham ko‘rib chiqmagan. Bu haqda u TZ nashriga ma’lum qildi.

«Ronalduning yo‘qligi qo‘mitada umuman muhokama qilinmagan. U jahon chempionatida porlamadi va yeng mashhur ligada o‘ynamaydi.

Shunga qaramay, Krishtianu ajoyib o‘yinchi bo‘lib qolmoqda», - dedi Garsiya.

Ronaldu Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi tarkibida beshta o‘yin o‘tkazib, bitta golni penaltidan kiritdi. Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan bo‘ldi, yettita gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eng yaxshi futbolchini taqdirlash marosimi 2023-yilning 30-oktyabrida bo‘lib o‘tadi.

Goal portalining xabar berishicha, mukofot uchun kurashadigan eng kuchli uch nomzod Lionel Messi («Inter Mayami»), Erling Xolland («Manchester Siti») va Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»). Lekin aynan argentinalik asosiy favorit deb ataladi.

O‘tgan yili fransiyalik hujumchi Karim Benzema «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring