Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu Saudiyadagi osmono‘par binoning 17 xonasini band qildi

Ronaldu Saudiyadagi osmono‘par binoning 17 xonasini band qildi

Foto: Gol.ru

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaga qo‘shilganidan so‘ng, Ar Riyoddagi 99 qavatli Kingdom Tower mehmonxonasida yashaydigan bo‘ldi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchi keyingi oy uchun o‘zi, oila a’zolari, do‘stlari va xavfsizlik xizmati uchun 17 xonani ijaraga olgan. Futbolchi turar joy uchun 280 ming yevrodan ko‘proq pul to‘lashi kerak bo‘ladi.

Mehmonxona xonalarining maydoni Ronaldu Buyuk Britaniyada yashagan ko‘pgina kvartiralardan kattaroqdir. Xonadan Ar Riyodning manzaralari ko‘rinib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring