Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eski tos, eski hammom»! Ronaldu — Messiga, «Real» esa «Barsa»ga yaqinlashmoqda

«Eski tos, eski hammom»! Ronaldu — Messiga, «Real» esa «Barsa»ga yaqinlashmoqda

Foto: «Eye Witness Football»

Ispaniya chempionatining 29-turi yakunlandi. Peshqadam «Barselona» o‘z uyida Bilbaoning «Atletik» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib chempionlikka yanada yaqinlashdi. Gollarga Pako Alkaser va Lionel Messilar mualliflik qilishdi. Shu tariqa Messi primeraning 9 mavsumida kamida 25 ta to‘p kiritgan ilk futbolchiga aylandi.

Peshqadamni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan «Atletiko» safarda «Vilyarreal»ga imkoniyatni boy berdi — 1:2. Bundan 3-o‘rindagi Madridning «Real»i foydalanib qoldi. Ular «Santyago Bernabeu» stadionida «Jirona»ga imkoniyat qodirmadi. Gollarga boy uchrashuvda 6:3 hisobi qayd etildi. Ronaldu bahsda «poker» qayd etib, to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu portugaliyalik futbolchining 50-xet-trigi sifatida tarixga kirdi.

Mazkur turdan keyin «Barselona» «Atletiko»ni 11 ochkoga ortda qoldira boshladi. O‘z navbatida, «Real» ham hamshaharlariga yetib olishi uchun bor-yo‘g‘i 4 ochkolik farqni yo‘q qilishlari kifoya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring