Ronaldu ari chaqqani sabab Xorvatiya bilan o‘yinda maydonga tushmaydi
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Xorvatiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.
«U yaxshi mashq qilayotgandi, lekin to‘satdan chorshanba kuni uning bir barmog‘i qizarib ketdi, go‘yo uni ari chaqib olgandek», – dedi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya termasi Millatlar ligasi doirasida bugun, 5-sentyabr kuni Xorvatiya termasiga qarshi va 8 sentyabr kuni Shvetsiya bilan ikkita uchrashuv o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter