«Real» nomdor futbolchisi bilan xayrlashdi
Garet Beyl Madridning «Real» jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqda. Uelslik forvardning «Real» bilan shartnomasi 2022-yilning 30 iyunida yakuniga etadi.
Beyl 2013 yildan buyon o‘ynab kelayotgan «Real Madrid» muxlislari bilan ijtimoiy tarmoq orqali xayrlashgan.
«Men bu xabarni barcha jamoadoshlarimga, murabbiylarim, yordamchi xodimlarim va meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimga minnatdorchilik bildirish uchun yozyapman.
Bu yerga 9 yil oldin «Real»da o‘ynash orzusini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lgan yigit sifatida kelganman. Va o‘zim uchun muhim bo‘lgan natija — Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish sharafiga erishdim», deya yozadi Beyl.
Futbolchi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter