Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Neymar uchun «PSJ»ga 120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi

«Real» Neymar uchun «PSJ»ga 120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi

Foto: «Marca»

Madridning «Real» klubi «Pari Sen-Jermen»ga yangi taklif bilan chiqdi —  120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik hujumchi evaziga ikki futbolchi — serbiyalik forvard Luka Yovich hamda kosta-rikalik darvozabon Keylor Navas, shuningdek, 120 mln. yevro taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Yovich «Real»ga shu yil yozida 60 mln. yevro evaziga kelib qo‘shilgandi, biroq u Zayniddin Zidanda yaxshi taassurot qoldira olmadi. Tibo Kurtua kelganidan beri zaxirada o‘tirib qolgan 32 yoshli Keylor Navasning o‘zi jamoa rahbariyatidan boshqa jamoaga ketishga ruxsat so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring