«Real Madrid» Andrey Luninni jamoadan «ayirib qo‘ydi»
Madridning «Real» klubi darvozaboni Andrey Lunin final bahsiga jamoa bilan birgalikda uchmaydi.
Bunday qarorga kelinishiga 27 may kuni Luninning isitmasi ko‘tarilgani sabab bo‘lgan. Klub uning boshqa futbolchilarga kasallik yuqtirishidan qo‘rqmoqda. Darvozabon jamoa bilan Chempionlar ligasi finalida qatnashish uchun Londonga uchmaydi. Taxminlarga ko‘ra, Lunin 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yingacha to‘liq tiklanadi va o‘yinda qatnasha oladi, faqat Londonga o‘zi alohida boradi.
Avvalroq final uchrashuvida madridliklar darvozasini belgiyalik Tibo Kurtua himoya qilishi haqida xabar tarqalgan edi.
Kurtua jarohat olgan vaqtda Andrey Lunin asosiy darvozabonga aylandi va jamoasining finalga qadar yetib kelishida asosiy qahramonlardan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, YeChL finali 1 iyun kuni «Real Madrid» va «Borussiya D» jamoalari o‘rtasida kechadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter