Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» La Ligada mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatga uchradi

«Real» La Ligada mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatga uchradi

Ispaniya chempionatining 13-turida «Real» mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

«Rayo Valekano» mehmoni bo‘lgan «qaymoqranglilar» ikkita gol urib, uchta o‘tkazib yuborishdi.

«Rayo Valekano» — «Real Madrid» 3:2

Gollar: 1:0 – 5 Komesanya, 1:1 – 37, penalti Modrich, 1:2 – 41 Militao, 2:2 – 44 Garsiya, 3:2 – 67, penalti Trexo.

«Rayo Valekano»: Dimitriyevski, Baliu, Lejen, Katena, Fran Garsiya, Trexo (Unai Lopes, 71), Garsiya (Salvi Sanches, 88), Palason (Chavarriya, 88), Komesanya (Siss, 79), Oskar Valentin, Kamelo (Falkao, 88).

«Real Madrid»: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 85), Alaba, Militao, Mendi (Nacho, 85), Modrich (Mariano Dias, 79), Valverde, Tchuameni (Kamavinga, 69), Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo.

Ogohlantirishlar: Katena (2), Vinisius Junior (11), Trexo (48), Modrich (60), Karvaxal (65), Rodrigo (70), Baliu (87), Chavarriya (90), Vaskes (90+8).

Ushbu natija tufayli «Real» 32 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi, «Barselona» esa turnir peshqadami (34 ochko) bo‘lib oldi.

«Rayo Valekano» bu g‘alabadan keyin 8-pog‘onaga ko‘tarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring