Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» besh o‘yinda 1 ochko olsa — chempion

«Real» besh o‘yinda 1 ochko olsa — chempion

«Barselona» kecha o‘z maydonida Madridning «Rayo Valekano»siga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Kataloniyalar qatorasiga uchinchi uy o‘yinini boy berishdi.

Alvaro Garsiya 7-daqiqadayoq kiritgan gol masalani hal qildi. Oldinda juda ko‘p vaqt bo‘lishiga qaramay, «Barselona» o‘yinni qutqara olmadi: «Rayo Valekano» joriy mavsumda ikkinchi marta ham «Barselona»ni dog‘da qoldirdi.

Endi «Barselona»ning chempionatdagi asosiy raqibi — «Sevilya», har ikkisi 63 ochkodan to‘plagan. «Real» esa 15 ochko ilgarilab ketgan, chempion bo‘lish uchun madridliklarga qolgan besh o‘yinda bir durang ham kifoya.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring