Ravshan Ermatov OChL uchrashuviga tayinlandi. U «Guanchjou» — «Buriram Yunayted» uchrashuvini boshqaradi
Shu yilning 14-fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi «G» guruhidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda Xitoyning «Guanchjou Evergrand» hamda Taylandning «Buriram Yunayted» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
O‘FF rasmiy sayti xabariga ko‘ra, mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishadi. To‘rtinchi hakam sifatida Sherzod Qosimov tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter